-
-
-
So‘nggi besh yillik islohotlarning natijasida mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslari yaratildi. Keng jamoatchilik muhokamasi natijasida «Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari» tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan quyidagi yettita ustuvor yo‘nalishdan iborat 2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi tasdiqlandi: 1-ustuvorlik: inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish; 2-ustuvorlik: mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish; 3-ustuvorlik: milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash; 4-ustuvorlik: adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish; 5-ustuvorlik: ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish; 6-ustuvorlik: milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish; 7-ustuvorlik: mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish.
Matbuot
-
2024 yil 16-18 mart kunlari “Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki” shiori ostida respublikamizning barcha hududlarida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
Shu munosabat bilan Oliy attestatsiya komissiyasi jamoasi ham umumxalq hasharida ishtirok etdi. Jamoa a’zolari hududdagi o‘ziga biriktirilgan uchastkada obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, atrofni xazonlardan tozalash hamda ozodalik ishlarini bayramona kayfiyatda hamjihatlikda amalga oshirishdi. -
Oliy attestatsiya komissiyasida joriy yilning 15-16 mart kunlari kimyo, biologiya, geologiya-menerologiya, geografiya, formatsevtika hamda qishloq xo‘jaligi, veterinariya, tibbiyot, fizika-matematika, texnika, shuningdek tarix, iqtisodiyot, falsafa, sotsiologiya, siyosatshunoslik, islomshunoslik, arxitektura, pedagogika, psixologiya, yuridik, filologiya, san’atshunoslik fanlari yo‘nalishiga ixtisoslashgan ilmiy kengashlar ilmiy kotiblari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasidagi yangiliklar hamda ilmiy kengashlar faoliyati samaradorligini yanada oshirish borasida fikr-mulohoza almashildi.
-
Qadrli vatandoshlar!
Butun sayyoradagi islom ummati bilan birga jonajon O‘zbekistonimizning barcha mo‘min-musulmonlari ham qutlug‘ va muborak Ramazon oyini xursandchilik bilan kutib oldilar.
Dunyo musulmonlari uchun eng aziz va qadrli bo‘lgan, barcha ezgu niyatlar ijobat bo‘ladigan Ramazoni sharifning kirib kelishi bilan siz, azizlarni, butun xalqimizni chin yurakdan muborakbod etib, barchangizga o‘zimning yuksak ehtiromim va samimiy tilaklarimni izhor etaman.
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi
Assalomu alaykum, hayotimiz quvonchi, fayzu farishtasi bo‘lgan muhtarama onaxonlar, hurmatli opa-singillar, dilbar qizlarim!
Bugun siz, azizlar bilan mana shunday tantanali anjumanda uchrashib, barchangizni, sizlarning timsolingizda butun mamlakatimiz ayollarini Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbdan qutlash men uchun ulkan sharaf va saodatdir.
Barcha-barchangizga samimiy mehrim va cheksiz hurmatimni izhor etishga ijozat bergaysiz.
-
Yangi O‘zbekistonda ilm-fan, madaniyat va ma’rifat, inovatsion izlanishlar sohalarida amalga oshirilayotgan tub islohotlarda muhtarama xotin-qizlarning ham munosib hissasi bor. Bu davlatimiz taraqqiyoti va jamiyatimiz farovonligi yo‘lida davlat boshqaruvi, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ilm-fan, adabiyot va san’at, ma’rifat-ma’naviyat, sport, ishlab chiqarish, qo‘yingki, barcha sohalarda fidokorona mehnat qilayotgan mu’tabar ayol va qizlarimizning erishayotgan muvaffaqiyatlarida yorqin namoyon.
Ko‘rsatkichlar | Jami | Jumladan | Shundan 2021 yilda | ||
Fan doktori (DSc) | Falsafa doktori (PhD) | Fan doktori (DSc) | Falsafa doktori (PhD) | ||
Ilmiy darajalarda tasdiqlanganlar soni | 7535 | 1863 | 5672 | 351 | 1976 |
---|
Ko‘rsatkichlar | Jami | Shundan 2021 yilda |
Ilmiy unvonlarda tasdiqlanganlar soni | 5695 | 1535 |
---|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi PF–4958-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni asosida 2017 yilning 1 iyulidan boshlab oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim ikki pog‘onali tizimning joriy qilinishi tarixiy ahamiyat kasb etdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur farmoni ta’lim va fan sohalarini sifat jihatdan rivojlantirish, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimining sifati va samaradorligini tubdan oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatida iqtidorli yoshlarni keng jalb qilish va ularning intellektual salohiyatini har tomonlama namoyon etish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.
Bosh menyu
- «O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Byulleteni»
- Dissertatsiya asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati
- Ochiq ma’lumotlar
- Ixtisosliklar ro‘yxati
- Rayosat majlislari
- Interaktiv xizmatlar
- Yoshlar siyosati
- Gender tenglik
- Korrupsiyaga qarshi kurashish
- Tahliliy ma’lumotlar
- Bo‘sh ish o‘rinlari
Yangiliklarga obuna bo‘lish
Foydali resurslar
So‘rovnoma
-
Oliy attestatsiya komissiyasi rasmiy veb-saytiga baho bering