Sayt test rejimida ishlamoqda

Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida Oliy attestatsiya komissiyasi raisining Murojaatnomasi

Hurmatli hamkasblar va OAK a’zolari!

Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotiga to‘siq bo‘layotgan eng xavfli illat va buning oqibati esa jamiyatning har bir bo‘g‘inida  o‘zini namoyon etib turadi. Har bir davlatning eng  asosiy dushmani, uning buguni va kelajagiga, taraqqiyotiga bolta uradigan illat bu – korrutsiyadur. Biz uzoq yillar davomida bu muammoni tan olmadik, u haqda yetarlicha gapirmadik, muhokama qilmadik, yo‘liga g‘ov bo‘lmadik. Shu bois korrupsiyaga qarshi kurash dunyo hamjamiyati oldida turgan  dolzarb masalalardan biriga aylangan.

Mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, jamiyatning barcha sohalarida korrupsion holatlarni keltirib chiqaruvchi omillarga chek qo‘yishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. OAK tomonidan ushbu islohotlar doirasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, bu borada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha alohida ishchi guruh tashkil etilib, aniq vazifalar belgilab berildi.

Hurmatli hamkasblar! Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, jamiyatimizning barcha a’zolari “halollik vaksinasi” bilan emlanmas ekan, o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga erisha olmaymiz. Shuning uchun barchamiz adolat tamoyillari asosida halol mehnat qilishimiz zarur va shart. Zero, har birimiz umid bildirgan kelajak davomchilarimiz faqat bizdan va faqat bizning amallarimizdan andoza oladi.

Men mazkur murojaatim bilan Sizlarni oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasi tizimida korrupsion holatlar kuzatilganda yoki shubha tug‘diruvchi va noqonuniy holatlar yuz berganida aloqa kanallarimiz orqali murojaat qilishga chaqirib qolaman.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish