-
-
-
So‘nggi besh yillik islohotlarning natijasida mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslari yaratildi. Keng jamoatchilik muhokamasi natijasida «Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari» tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan quyidagi yettita ustuvor yo‘nalishdan iborat 2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi tasdiqlandi: 1-ustuvorlik: inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish; 2-ustuvorlik: mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish; 3-ustuvorlik: milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash; 4-ustuvorlik: adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish; 5-ustuvorlik: ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish; 6-ustuvorlik: milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish; 7-ustuvorlik: mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish.
Matbuot
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning
Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi
Assalomu alaykum, muhtarama onaxonlar!
Munis opa-singillar!
Dilbar qizlarim!
Avvalo, siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun O‘zbekiston xotin-qizlarini 8 mart bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Barchangizga o‘zimning yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni bildiraman.
-
Hurmatli askar va serjantlar, ofiser va generallar!
Qurolli Kuchlarimiz xizmatchilari va faxriylari!
Qadrli yurtdoshlar!
Sizlarni, sizlar orqali ko‘pmillatli butun xalqimizni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etaman.
Ushbu quvonchli ayyomda o‘z hayotini ona yurt himoyasidek ulug‘ ishga bag‘ishlagan siz, azizlarga o‘zimning yuksak hurmat va ehtiromimni bildiraman.
-
O‘zbekiston Milliy universitetida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining tilshunoslik hamda adabiyotshunoslik fanlari sohasida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasi natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.
-
Avvalo, siz, azizlarni, yurtimizdagi barcha mo‘min-musulmonlarni, butun xalqimizni muborak Ramazon hayiti – Iyd al-Fitr bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, barchangizga o‘zimning chuqur hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.
Qalblarimiz quvonchga va ezgu niyatlarga to‘lgan ushbu saodatli va munavvar damlarda avvalo shunday tabarruk kunlarga etkazgani, bayramni tinch va osuda muhitda, oilamiz, el-yurtimiz bilan hamjihatlikda kutib olayotganimiz uchun Yaratganga cheksiz shukronalar aytamiz.
-
Assalomu alaykum, qadrli vatandoshlar!
Hurmatli mehmonlar!
Avvalo, siz, azizlarni, ko‘pmillatli butun xalqimizni sharqona yangi yil – Navro‘z bayrami bilan chin yurakdan samimiy tabriklayman.
Barchangizga tinchlik-omonlik, sihat-salomatlik, baxtu saodat va ulkan yutuqlar tilayman.
Bugungi fayzli damlarda chet ellardagi vatandoshlarimizni ham Navro‘z ayyomi bilan qutlab, ularga chuqur hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.
Ko‘rsatkichlar | Jami | Jumladan | Shundan 2021 yilda | ||
Fan doktori (DSc) | Falsafa doktori (PhD) | Fan doktori (DSc) | Falsafa doktori (PhD) | ||
Ilmiy darajalarda tasdiqlanganlar soni | 7535 | 1863 | 5672 | 351 | 1976 |
---|
Ko‘rsatkichlar | Jami | Shundan 2021 yilda |
Ilmiy unvonlarda tasdiqlanganlar soni | 5695 | 1535 |
---|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi PF–4958-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni asosida 2017 yilning 1 iyulidan boshlab oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim ikki pog‘onali tizimning joriy qilinishi tarixiy ahamiyat kasb etdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur farmoni ta’lim va fan sohalarini sifat jihatdan rivojlantirish, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimining sifati va samaradorligini tubdan oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatida iqtidorli yoshlarni keng jalb qilish va ularning intellektual salohiyatini har tomonlama namoyon etish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.
Bosh menyu
- «O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Byulleteni»
- Dissertatsiya asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati
- Ochiq ma’lumotlar
- Ixtisosliklar ro‘yxati
- Rayosat majlislari
- Interaktiv xizmatlar
- Yoshlar siyosati
- Gender tenglik
- Korrupsiyaga qarshi kurashish
- Tahliliy ma’lumotlar
- Bo‘sh ish o‘rinlari
Yangiliklarga obuna bo‘lish
Foydali resurslar
So‘rovnoma
-
Oliy attestatsiya komissiyasi rasmiy veb-saytiga baho bering